Hujjat generatorlari

Hujjatni onlayn to'ldiring va yuklab oling

Shartnoma, ariza va ishonchnoma namunalari. Formani to'ldirasiz — tayyor Word yoki PDF fayl chiqadi. Word ochish shart emas, telefonda ham ishlaydi.

20tayyor generator
2til
100%bepul

Hujjat generatorlari — kerakli shablonni tanlang, formani to'ldiring va tayyor faylni Word yoki PDF sifatida bepul yuklab oling. Ro'yxatdan o'tish shart emas.

Yangilangan: 2026-09-18
⭐ Premium hujjatlar1
Mehnat5
Ijara va mulk4
Biznes4
🤝Xizmat ko'rsatish shartnomasiTo'lov tartibi, QQS va kafolat bandlari bilanOnlayn to'ldirish🏗️Qurilish pudrat shartnomasiIsh hajmi, muddat va to'lov tartibi bilanOnlayn to'ldirish🛡️Kafolat xatiMahsulot, xizmat yoki qurilishga kafolatOnlayn to'ldirish🧾To'lov uchun hisobTovar/xizmat uchun to'lov so'rovi (QQS hisob-fakturasi emas)Onlayn to'ldirish
Arizalar va ishonchnomalar6
Yangi hujjatlar muntazam qo'shilmoqda — kerakli hujjatni Telegram orqali yozing.
Qanday ishlaydi: hujjatni tanlaysiz → formani to'ldirasiz → matn o'ng tarafda darrov shakllanadi → Word yoki PDF yuklab olasiz. Kiritilgan ma'lumot serverga yuborilmaydi, faqat brauzeringizda qoladi. Bo'sh, to'ldirilmagan shablonlar Shablonlar bo'limida.
Diqqat. Hujjatlar namuna sifatida tayyorlanadi va yuridik maslahat hisoblanmaydi. Muhim bitimlarda hujjatni yurist bilan tekshirib oling. Ayrim hujjatlar (masalan ishonchnoma) notarial tasdiqlashni talab qiladi. Kalki.uz hujjatdan foydalanish oqibatlari uchun javobgar emas.

Hujjat generatori nima?

Hujjat generatori — bo'sh shablonni yuklab olib, uni Word'da qo'lda to'ldirish o'rniga, saytda formani to'ldirib tayyor faylni olish imkonini beruvchi vosita. Siz maydonlarni to'ldirasiz, matn real vaqtda shakllanadi, so'ng Word (.docx) yoki PDF sifatida yuklab olasiz. Kompyuterda Word o'rnatilgan bo'lishi shart emas — hammasi brauzerda bajariladi va telefonda ham ishlaydi.

Nega bu qulayroq?

Bo'sh shablonda odam ko'pincha adashadi: qaysi joyga nima yozilishini bilmaydi, summani so'z bilan yozishni unutadi, sanalarni noto'g'ri hisoblaydi. Generator bu ishlarni o'zi bajaradi: summani so'zga aylantiradi, shartnoma tugash sanasini hisoblaydi, jismoniy va yuridik shaxs uchun kerakli maydonlarni o'zi almashtiradi. To'ldirilmagan joylar sariq rangda ko'rinib turadi.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

Faqat brauzeringizda. Kiritgan ma'lumotlaringiz — F.I.Sh., pasport, summalar — serverga yuborilmaydi. Sahifani yopib qayta ochsangiz, oxirgi holat tiklanadi, chunki u brauzer xotirasida saqlanadi. Xohlasangiz «Tozalash» tugmasi bilan hammasini o'chirasiz.

Hujjat yuridik kuchga egami?

Generator tayyorlagan matn umumiy namuna hisoblanadi. Ko'p hollarda tomonlar imzosi bilan yozma hujjat yetarli, lekin ayrim hujjatlar uchun — masalan ishonchnoma, ko'chmas mulk bitimlari — notarial tasdiqlash talab etiladi. Muhim va katta summali bitimlar oldidan hujjatni yurist bilan tekshirib chiqish tavsiya etiladi.

Yangi hujjatlar qo'shiladimi?

Ha. Tayyor generatorlar yuqorida «Onlayn to'ldirish» yorlig'i bilan belgilangan, qolganlari ustida ish olib borilmoqda va «Tez orada» deb turibdi. Sizga qaysi hujjat kerakligini Telegram orqali yozsangiz, navbatni shunga qarab belgilaymiz.

Kalkulyator yoki shablon kerakmi?
Yangi kalkulyator, hujjat shabloni yoki xato — yozing, tez tayyorlaymiz. / Нужен калькулятор или шаблон? Напишите — быстро сделаем.
✈️ Telegram
© 2026 Kalki.uz — Achchi loyihasi. Barcha huquqlar himoyalangan.