ЎЗ

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 13-oktabr

1. Xizmat tavsifi

Kalki.uz — bepul onlayn kalkulyatorlar va hujjat shablonlari toʻplami. Saytdan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz.

2. Hisob-kitoblar faqat ma’lumot uchun

Barcha kalkulyatorlar natijalari taxminiy boʻlib, faqat ma’lumot uchun moʻljallangan. Ular rasmiy moliyaviy, yuridik, tibbiy yoki diniy maslahat hisoblanmaydi. Muhim qarorlar (kredit olish, mashina olib kirish, soliq toʻlash, sogʻliq masalalari) oldidan tegishli mutaxassis yoki rasmiy organga murojaat qiling.

3. Aniqlik toʻgʻrisida

Biz stavkalar va formulalarni dolzarb saqlashga intilamiz, lekin qonunchilik va tariflar oʻzgarib turadi. Sayt ma’lumotlarning mutlaq aniqligini kafolatlamaydi va hisob-kitob natijalari asosida qabul qilingan qarorlar uchun javobgar emas.

4. Shablonlar

Yuklab olinadigan hujjat shablonlari umumiy namunalar boʻlib, yuridik hujjat kuchiga ega emas. Muhim bitimlar oldidan hujjatni yurist bilan koʻrib chiqing. Shablonlardan shaxsiy va tijorat maqsadlarida bepul foydalanish mumkin, lekin ularni oʻz nomingizdan ommaviy tarqatish taqiqlanadi.

5. Intellektual mulk

Sayt dizayni, kodi va kontenti Kalki.uz va uning yaratuvchisi Asror Jumaqulovga tegishli. Saytga havola berish mumkin va ragʻbatlantiriladi; kontentni toʻliq nusxalash taqiqlanadi.

6. AI ariza yordamchisi

«Ariza namunasi» sahifasidagi AI yordamchi yaratgan matn faqat namuna: u xato yoki noaniqlik boʻlishi mumkin, foydalanishdan oldin oʻzingiz tekshirib chiqing. Yozgan vaziyat matningiz qayta ishlash uchun serverga va AI xizmatiga yuboriladi (batafsil — Maxfiylik siyosati), shuning uchun maxfiy ma’lumotlarni yozmang.

7. Reklama

Saytda uchinchi tomon reklamasi (masalan, Google AdSense) koʻrsatilishi mumkin. Reklama mazmuni uchun reklama beruvchilar javobgar.

8. Aloqa

Takliflar va xatolar boʻyicha Telegram’da yozing: @achchi90 (kanal: @kalki_uz).

Kalkulyator yoki shablon kerakmi?
Yangi kalkulyator, hujjat shabloni yoki xato — yozing, tez tayyorlaymiz.
Telegram