ЎЗ

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 2-noyabr

1. Umumiy qoidalar

Ushbu siyosat Kalki.uz sayti (keyingi oʻrinlarda — «Sayt») foydalanuvchilarining ma’lumotlari qanday yigʻilishi, qayerda qayta ishlanishi va saqlanishini tushuntiradi. Saytdan foydalanish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz. Sayt roʻyxatdan oʻtishni talab qilmaydi.

2. Ma’lumotlaringiz qayerda qayta ishlanadi

Saytda ikki xil holat bor, ularni farqlash muhim:

3. AI ariza yordamchisi: nima yuboriladi va nima saqlanadi

4. Statistika, cookie va reklama

Saytning barcha sahifalarida Google Analytics 4 ishlaydi: sahifa koʻrishlari, qurilma turi, taxminiy hudud, manba va hodisalar (hujjat yuklab olish, til almashtirish, hamkor havolasini bosish) hisoblanadi. Ism, telefon yoki shakllarga kiritilgan ma’lumotlar yuborilmaydi. Lekin ulashish havolasida kiritilgan raqamlar boʻlsa, havola manzili statistika xizmatiga va hosting jurnaliga tushadi; shaxsiy hujjatlarning ulashish havolasiga F.I.Sh., pasport kabi matn maydonlari qoʻshilmaydi. Sayt Google AdSense reklama skriptini yuklaydi: Google va uning hamkorlari reklamani moslashtirish uchun cookie fayllardan foydalanishi mumkin. Cookie’larni brauzer sozlamalarida oʻchirib qoʻyishingiz mumkin. Hosting (Cloudflare) texnik soʻrovlar jurnalini (IP manzil, vaqt, soʻralgan manzil) yuritadi.

KalkiFit anonim statistikasi. Ilova qaysi funksiyalar ishlatilayotganini bilish uchun faqat hodisa nomlarini (masalan «ovqat qo‘shildi», «suv qo‘shildi»), kun, platforma, til va qurilma turini yuboradi. Qurilma turi — umumiy toifa: Android ilova (va uning versiyasi), Android brauzer, iPhone Safari, bosh ekranga qo‘shilgan iPhone ilovasi yoki kompyuter; operatsion tizim va brauzer versiyasi, telefon modeli (faqat brauzer o‘zi aytsa, masalan «Samsung Galaxy A54») va ekran kengligi guruhi. Bular brauzer yuboradigan standart User-Agent sarlavhasidan aniqlanadi. Qurilma tasodifiy ID’ning server sirli tuzi bilan xeshi sifatida saqlanadi — ism, email, IP manzil, aniq joylashuv, ovqat yozuvlari, vazn va yosh yuborilmaydi va saqlanmaydi. Akkauntsiz foydalanish anonim qoladi: qurilma faqat tuzlangan xesh bilan belgilanadi va bu statistika akkauntga bog‘lanmaydi. Kunlik qurilma yozuvlari 100 kundan keyin o‘chadi, faqat umumiy sonlar qoladi. Brauzeringizda «Do Not Track» (DNT) yoki «Global Privacy Control» (GPC) yoqilgan bo‘lsa, ilova bu statistikani umuman yubormaydi.

KalkiFit: qurilmadan tashqariga nima chiqadi. Ovqat, vazn, qadam va profil yozuvlari shu qurilmada saqlanadi (bulutga saqlashni yoqsangiz — 6-boʻlimdagi shifrlangan zaxirada). Quyidagilar faqat siz shu funksiyani ishlatganingizda yuboriladi:

Google bilan kirish. «Google bilan kirish»ni tanlasangiz, Google bizga faqat tasdiqlangan email manzilingiz va ismingizni beradi; biz emailni va ismni akkauntingizda saqlaymiz (ism Profil tepasida faqat sizga ko‘rinadi; uni o‘zingiz o‘zgartira olasiz — o‘zgartirsangiz, keyingi Google kirishlarida almashtirilmaydi), parolingiz va boshqa Google ma’lumotlari bizga kelmaydi. Shu email bilan ochilgan akkaunt bo‘lsa — o‘shanga kirasiz. Google’ning kirish skripti faqat «Google bilan kirish» tugmasini bosganingizdan keyin yuklanadi (sahifa ochilishi bilan emas). Ulanishni Google akkauntingiz sozlamalarida istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

5. Brauzeringizda saqlanadigan narsalar

Til tanlovi; kalkulyator va generatorlarning oxirgi holati; AI yordamchi uchun tasodifiy anonim ID va yozuv tanlovi; elektr va gaz sahifalaridagi hisoblagich kundaligi (oy oxiri prognozi) uchun siz kiritgan hisoblagich koʻrsatkichlari va hisob kuni. Hisoblagich koʻrsatkichlari faqat qurilmada saqlanadi — serverga yuborilmaydi va ulashish havolasiga qoʻshilmaydi. Ularni brauzer sozlamalarida istalgan vaqtda oʻchirishingiz mumkin.

6. Zaxira nusxa, bulutga saqlash va akkaunt (KalkiFit va Ro’zg’or ilovalari)

Ilovalar ma’lumotingizni (profil, ovqat, qadam, vazn, xarajat va h.k.) faqat qurilmangiz xotirasida saqlaydi. Yoʻqotib qoʻymaslik uchun ikki ixtiyoriy yoʻl bor:

Akkaunt (ixtiyoriy). Ilovalardan foydalanish uchun akkaunt shart emas. Xohlasangiz, emailingiz bilan kirishingiz mumkin — parolsiz: emailingizga 6 xonali bir martalik kod yuboramiz.

Anonim hisoblagichlar (KalkiFit). «Nima yesam ekan?», «Baliq kuni» kabi boʻlimlardan foydalanilganini bilish uchun ilova faqat umumiy sonlarni hisoblaydi: kun, hodisa nomi (masalan, «oyna ochildi») va soni. Foydalanuvchi identifikatori, IP manzil, qurilma maʼlumoti, taom nomi, kaloriya, profil va cookie saqlanmaydi — maʼlumot qaysi odamdan kelganini aniqlab boʻlmaydi. Brauzeringizda «Do Not Track» yoqilgan boʻlsa, hisoblanmaydi. Sonlar faqat ilovani yaxshilash uchun umumiy hisobotda ishlatiladi.

«Yemaydiganlarim» tanlovi qurilmangizda saqlanadi. Faqat «baliq yoqtirmayman» belgisi va eslatma kuni (eslatmani yoqqan boʻlsangizgina) eslatma obunasiga biriktiriladi — boshqa tanlovlar serverga yuborilmaydi. Akkauntni oʻchirsangiz, eslatma obunasi ham oʻchadi.

7. Uchinchi tomon xizmatlari

Google (Analytics, AdSense — KalkiFit’da yoʻq, Fonts, «Google bilan kirish»), Cloudflare (hosting va maʼlumotlar bazasi), Anthropic (AI ariza yordamchisi va KalkiFit AI: matn, rasm, menyu, yorliq, retsept), OpenAI (KalkiFit ovozini matnga aylantirish), Resend (kirish kodi xatini yetkazish). Hamkor havolasi orqali oʻtsangiz, tashkilotning oʻz saytida uning siyosati amal qiladi. Ularning har biri oʻz maxfiylik siyosatiga ega. Ma’lumotlaringiz sotilmaydi.

Shtrix-kod skaneri (KalkiFit): shtrix-kodni skanerlaganingizda faqat shtrix-kodning raqami Open Food Facts (ochiq mahsulot bazasi, ODbL litsenziyasi) serveriga yuboriladi. Kamera tasviri qurilmangizdan chiqmaydi, shaxsiy ma’lumot yuborilmaydi.

7. Qadamlar (KalkiFit Android ilovasi): Health Connect va telefon sensori

Siz «Qadamni avtomatik sanash»ni yoqsangiz, ilova qadam sonini ikki manbadan biridan oladi: Health Connect (Google Fit, Samsung Health, Mi Fitness va boshqa ilovalar shu yerga yozadi) yoki telefonning qadam hisoblagichi (sensor). Health Connect’dan faqat qadamlar soni (kunlik jami) va, agar alohida ruxsat bersangiz («⌚ Soatingiz bormi?»), soat yoki bilaguzukning sarflangan kaloriyasi (jami va faol, kunlik) oʻqiladi — boshqa sogʻliq ma’lumoti oʻqilmaydi va hech narsa yozilmaydi. Kaloriya faqat kunlik me’yorni soat ma’lumoti bilan solishtirish uchun ishlatiladi. Qadamlar va kaloriya faqat telefoningizda kaloriya hisobi uchun ishlatiladi, serverga yuborilmaydi, reklama yoki boshqa maqsadda ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi (bulutga saqlash yoqilgan boʻlsa — 6-boʻlimdagi shifrlangan zaxira tarkibida). Ruxsatni istalgan payt Health Connect sozlamalarida yoki ilovaning Profil boʻlimida oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.

8. Bolalar

Sayt umumiy auditoriya uchun moʻljallangan va bolalardan ataylab hech qanday ma’lumot yigʻmaydi.

9. Oʻzgarishlar va aloqa

Siyosat yangilanishi mumkin — oʻzgarishlar shu sahifada e’lon qilinadi. Savollar yoki ma’lumotni oʻchirish boʻyicha soʻrovlar uchun Telegram orqali yozing: @achchi90 (kanal: @kalki_uz).

Kalkulyator yoki shablon kerakmi?
Yangi kalkulyator, hujjat shabloni yoki xato — yozing, tez tayyorlaymiz.
Telegram